Pentagon Ukrainaga 300 million dollar ajratadi
AQSH mudofaa vazirligi mamlakat kongressini Ukrainaga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish bo‘yicha xabardor qildi. Mablag‘lar Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusi doirasida ajratiladi.
Bu haqda AQSH mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
– Ukraina mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun 300 million dollargacha yordam ko‘rsatiladi, – deyiladi mudofaa vazirligi bayonotida. Bu qaror AQSHning Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini bildiradi.
Bayden ma’muriyati ishga kelganidan buyon Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga xavfsizlik maqsadida 2,3 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratdi.