Pekinga qo‘shimcha reys yo‘lga qo‘yiladi
1 noyabrdan Toshkent-Pekin-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reyslar soni haftasiga 4 tagacha ko‘paytiriladi. Seshanba, payshanba va shanba kunlaridan tashqari reyslar juma kunlari ham amalga oshiriladi.
“Uzbekistan Airways” ma’lumotlariga ko‘ra, samolyotlar Toshkentdan soat 13:40 da jo‘naydi va Toshkent vaqti bilan soat 02:50 da qaytadi.
Pekin Xitoy poytaxti bo‘lib, uch ming yillik tarixga ega. U nafaqat zamonaviy binolari, balki mahobatli Taqiqlangan shahar - Min va Sin sulolari davridagi imperator saroyi kabi qadimiy me’moriy yodgorliklari bilan mashhur. Yaqinroqda ulkan Tyananmen maydoni qurilgan bo‘lib, u yerda Mao Szedun maqbarasi hamda ekspozitsiyasi mamlakat tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan Xitoy Milliy muzeyi joylashgan.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA