Pekinda kuchli jala xavfi: aholiga uydan chiqmaslik tavsiya qilindi
Xitoy poytaxti Pekin seshanba kechasidan boshlanadigan kuchli yomg‘irga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Keyingi 24 soat ayrim hududlarda 200 millimetrdan ham qalin yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Ya’ni shahar yiliga o‘rtacha yog‘adigan 528 millimetr miqdorning uchdan bir qismidan ko‘prog‘iga bir sutkada duch kelishini anglatadi.
Shahar meteorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, seshanba kechasidan payshanbagacha Pekinning aksariyat hududlarida jala quyadi. Olti soatda yog‘in 100 millimetrdan 24 soat ichida 150 millimetrga yetishi mumkin. Tunjou, Dasin, Fanshan, Mentougou, Xuayjou va Fentay tumanlarida ayni ko‘rsatkich 200 millimetrdan oshishi taxmin qilinmoqda.
Kuchli yog‘ingarchilikka “Delfin” tayfuni ta’siri ham bor. Xitoy janubidagi ofat tufayli kuzatilayotgan nam havo mamlakat shimolidagi sovuq havo oqimi bilan to‘qnashmoqda. Shu bois Pekinda yog‘ingarchilik yanada kuchayishi mumkin. Ayniqsa poytaxtning tog‘li hududlarida sel va suv toshqini xavfi yuqori.
G‘arbdagi Mentougou tumanida hokimiyat toshqin xavfi bo‘yicha eng yuqori darajali favqulodda ogohlantirish berdi. Aholiga zarurat bo‘lmasa uydan chiqmaslik, tog‘li hudud va daryo yaqiniga bormaslik tavsiya qilindi. Mutaxassislar kuchli yog‘ingarchilik seshanba kechasidan payshanbagacha davom etishini aytgan.
Musulmon Ziyo, O‘zA