Pekin-2022: kecha sportchilarda koronavirus qayd etilmadi
Qishki olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi musobaqalarda ishtirok etayotgan hech bir sportchi va trenerda 15 fevral holati bo‘yicha COVID-19 testi ijobiy chiqmaganligini tasdiqladi.
Pekin-2022 musobaqalar dasturlari mobaynida kechaning o‘zida 69 786 ta koronavirus testi o‘tkazilgandi.
Bu haqda bugun 16 fevral erta tongda "insidethegames" sayti xabar tarqatdi.
Tashkiliy qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, o‘yinlar maydonidan tashqarida ikkita yangi kasallanish holati e’lon qilindi. Ulardan biri Pekin aeroportida, ikkinchisi boshqa bir manzilda qayd etilgan.
Mutaxssislarning fikricha, oq olimpiada yakunlanishiga besh kun qolganda Pekinda epidemiologik vaziyatning ijobiy tomonga o‘zgarishi yaxshilik alomati. Ammo, bu niqoblarni yechish kerak degani emas.
O‘zA