Pedagoglar saxovat karvoni Sirdaryoda
Xalqimizda azal-azaldan odamiylik, mehr-oqibat, bir-birini qoʻllash, yiqilganni suyash kabi ezgu ishlar ulugʻlanib kelinadi.
Xalqimizda azal-azaldan odamiylik, mehr-oqibat, bir-birini qoʻllash, yiqilganni suyash kabi ezgu ishlar ulugʻlanib kelinadi. Bunday insonparvarlik fazilatlari qadriyat darajasiga koʻtarilgan. Yurtimizda kechayotgan sinovli jarayonlar xalqimizni yana-da birlashishga, bahamjihat boʻlishga undamoqda.
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida Sirdaryo voqeasida jabrlangan yurtdoshlarimizga koʻmak berish maqsadida xayriya tadbiri eʼlon qilinib, “Sahovat va koʻmak” shtabi tashkil etildi.
Mana shunday sinovli kunlarda vatandoshlarimizga holidan xabar olib, maʼnanaviy-ruhiy yordam koʻrsatishni maqsad qilgan institut jamoasi bu jarayonlarda faollik koʻrsatdi.

Qarabsizki, tez orada jabrlanganlarga kerakli boʻlgan oziq-ovqat, kiyim-kechak, koʻrpa-toʻshak hamda homiylik mablagʻlari jamlanib, saxovat va oqibat karvoni Sirdaryo tomon yoʻl oldi...
Toʻplanilgan xayriya mahsulotlarining barchasi institut xodimlari tomonidan oʻz egalariga yetkazildi. Ular bilan suhbatlashib, hol-ahvol soʻraldi.
Sinovli kunlar yaqin orada ortda qoladi. Mana shunday muborak Ramazon oyida qilingan niyatlar albatta amalga oshadi. Saxovat va mehr-oqibat ishlari davom etadi.
Biz – CHDPI jamoasi sizlar bilanmiz, aziz Sirdaryoliklar!