Payariq tumani hokimi o‘zgardi
Bugun Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev ishtirok etgan sessiyada 2023 yil avgust oyidan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan I.Jabborov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.
Shu paytgacha viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Shunqor Farmonovich Xudoyberdiyev Payariq tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Sh.Xudoyberdiyev bundan avval Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Pastdarg‘om tumani hokimi bo‘lgan.
G‘.HASANOV, O‘zA muxbiri