Paxtaobodda bug‘doy o‘rimi jadallik bilan davom etmoqda
Fotoreportaj
Andijon viloyati Paxtaobod tumani g‘allakorlari ayni damda dalalarda oltinday tovlanib yetilgan bug‘doy o‘rim-yig‘imini jadallik bilan davom ettirmoqda.
[gallery-7510]
Joriy yilda 6 ming 870 gektar maydonga ekilgan g‘alladan 20 ming 442 tonna hosil olishni reja qilgan dehqonlarning shashti baland. Mavsumda 28 ta o‘rim kombaynidan foydalanib, otryad usulida ish tashkil etilgan.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA