“Paxtakor” klubi “Bunyodkor” yoshlarini mag‘lub etib, Kubok sohibiga aylandi
2001-yilda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida O‘zbekiston futbol federatsiyasi kubogi uchun bahslar nihoyasiga yetdi.
2001-yilda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida O‘zbekiston futbol federatsiyasi kubogi uchun bahslar nihoyasiga yetdi.

8 ta futbol jamoasi qatnashgan musobaqa finalida “Paxtakor” klubi “Bunyodkor” yoshlarini 1:0 hisobida mag‘lub etib, Kubok sohibiga aylandi. 2-o‘rin “Bunyodkor”ga nasib etgan bo‘lsa, 3-o‘rinni Muborakning “Mash’al” jamoasi egalladi.