Panama bilan diplomatik munosabat o‘rnatildi
AQSHning Nyu-York shahrida 29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bilan Panama Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatilishi to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunike imzolandi.
O‘zbekiston va Panama hukumatlari nomidan hujjatni ikki mamlakatning Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi doimiy vakillari Baxtiyor Ibragimov va Markov Sonsepsion Jaramilla imzoladi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va tashkilotning ixtisoslashgan muassasalari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan mamnun ekanligini tasdiqladi.
Suhbat davomida o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun yangi yo‘nalishlarini o‘rganish bo‘yicha ikki tomonlama aloqani davom ettirishga kelishib olindi.
Tashqi ishlar vazirligi
matbuot xizmati