O‘zstandart agentligi: amaliyot, islohot va samara
O‘zstandart agentligi tomonidan agentlikning Navoiy viloyati hududiy filiallari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar va hamkorlikda olib borilayotgan ishlar yuzasidan media tur tashkil etildi.
Dastlab agentlikning viloyatdagi filiallari tomonidan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar haqida jurnalistlarga ma’lumot berildi.
Navoiy viloyati shahar va tumanlaridagi mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib ilm-fan va innovatsiyalarni qamrab olgan hamda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga xizmat qiluvchi 22 ta sanoat korxonalari o‘rganilib chiqildi hamda oziq-ovqat, to‘qimachilik, qurilish, charm, kimyo sanoati sohalarida istiqbolli loyiha tashabbuskorlarini birlashtirigan 18 ta “sanoat klasteri” tashkil etish rejalashtirildi.
“Sanoat klasteri” korxonalariga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari uchun 214 ta, shundan 67 tasi xalqaro talablarga uyg‘unlashgan standartlar va 5 tasi texnik reglamentlar dalolatnoma asosida yetkazib berildi.
“Sanoat klasteri” korxonalarida tegishli yo‘nalishlarda mutaxassislarni tayyorlash, ilm-fanga bog‘liq yangi innovatsion loyhalarni ishlab chiqish tadqiqot markazi platformasini tashkil etish bo‘yicha Navoiy davlat konchilik instituti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
– Mutaxassislarimiz tomonidan 2020 yilning 11 oyida viloyatning 205 ta korxonasida profilaktika ishlari amalga oshirildi, – deydi Agentlik departamenti viloyat filiali mas’ul xodimi Fazliddin Latipov. – O‘rganilgan 205 ta korxonadan 165 tasi ishlab chiqarish korxonalari bo‘lib, shundan 70 ta korxona hozirgi kunda eksport faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. 21 ta korxona mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan. 42 tasida mahsulotlar sifatini nazorat qilish bo‘yicha sinov laboratoriyalari tashkil etilgan, 75 tasida boshqa laboratoriyalar bilan shartnoma asosida sinovlar o‘tkazib borilmoqda. Profilaktika tadbirlari va o‘rganishlar natijasida korxonalar 1400 ta davlatlararo standartlari, 374 ta O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartlari, 70 ta texnik reglamentlar va 24 ta xalqaro standartlari, jami bo‘lib 1868 ta me’yoriy hujjatlar bilan bepul ta’minlandi va 182 ta korxonalarning 1700 ta me’yoriy hujjatlari aktuallashtirib berildi.
Shuningdek, viloyatdagi qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazmasdan foydalanib kelinayotgan 47 ta korxonaning 350 dona o‘lchash vositalari qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazilishga, 14 ta korxonaga muvofiqlik sertifikati olishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Agentlik tizimidagi “Uz-Test” DUK, “O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti” DKning viloyatdagi filiallari tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.
– “Uz-Test” DUK viloyat filiali tomonidan joriy yilning 11 oyi mobaynida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan chetdan olib keltirilgan va yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni muvofiqligini baholash yuzasidan 2264 ta ariza qabul qilingan, – deydi filial rahbar Umid Avezov. – Hozirgi kunda tadbirkorlar tomonidan kelib tushgan arizalarning 1605 tasiga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirib berilgan, 249 tasiga o‘rnatilgandan so‘ng sertifikatlashtirish bo‘yicha xat berilgan bo‘lsa, 277 ta qaror bo‘yicha arizalar mahsulotlarni identifikatsiya qilish va namuna tanlash uchun taqdim qilinmaganligi, shartnomalar rasmiylashtirilmagan va to‘lanmaganligi sababli hamda tadbrkorlik sub’ektlari tomonidan berilgan xatlar asosida bekor qilingan.
[gallery-474]
“Uz-Test” DUK Navoiy filiali sinov laboratoriyasi tomonidan Navoiy viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan 3082 ta ishlab chiqarish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini sinash yo‘li bilan doimiy muvofiqligi baholanib kelinmoqda.
“O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti” DK Navoiy filialiga 11 oy davomida 1586 ta murojaat kelib tushgan va barcha murojaatlar ijrosi ta’minlab berilgan.
– Filial tomonidan viloyatning 29 ta yirik ishlab chiqarish korxonalari, ishlab chiqarish tadbirkorlik sub’ektlari, sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot birlashmalari, paxta klasterlari, donni qayta ishlash zavodlarining 24760 dona o‘lchash vositalari va 825 dona sinov vositalari metrologik tekshiruvdan o‘tkazib berildi. Shu davrda filial tomonidan 10 ta yirik, Navoiy EIZning 5 ta ishlab chiqarish korxonasi va sog‘liqni saqlash boshqarmasining tibbiyot birlashmalariga sayyor xizmat ko‘rsatildi. 46 ta korxona va tashkilotlar tomonidan chetdan keltirilgan 227 o‘lchash vositalari metrologik attestatsiyadan o‘tkazilib, rasmiylashtiriladi. Bundan tashqari, korxona tomonidan tashkilotlar va tadbirkorlik sub’ektlariga qulaylik yaratish maqsadida logistika xizmatlari ko‘rsatildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan 6221 ta murojaatga ko‘ra maishiy elektr energiya, gaz va suv hisoblagichlar qiyoslashdan o‘tkazilib, o‘z vaqtida rasmiylashtirildi, – deydi filial rahbari Abduaziz Xolov.
Media tur doirasida jurnalistlar Navoiy erkin iqtisodiy zonasida “UzEraeCable” MCHJ shaklidagi O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasi va “Polipropilen quvurlar” sho‘’ba korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
UzEraeCable” MCHJ shaklidagi O‘zbekiston-Koreya ko‘shma korxonasi tasarrufida sinov laboratoriyasi mavjud bo‘lib, “O‘zstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiyalangan. Korxonada yiliga 130 ming kilometr sim, 120 ming dona (manfiy va musbat) jgut, AVS, AVSS, AVSF, AV, FLK, FLKK, FLY, FLRY-A, FLRY-B markali 39 xildagi avtomobil kabellari va akkumulyator jgutlari ishlab chiqariladi. Korxona tomonidan seriyali ravishda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar o‘natilgan tartibda sertifikatlashtirilgan. Shuningdek, korxonada ISO 9001 xalqaro standarti talablariga muvofiq sifatni boshqarish tizimi joriy etilgan va sertifikatlashtirilgan.
– Bundan tashqari korxonada ISO/TS 16949 xalkaro standarti talablariga muvofiq sifatni boshqarish tizimi joriy etilgan va «DQS Qualiti Systems» sertifikatlashtirish idorasi tomonidan sertifikatlashtirilgan, – deydi O‘zstandart agentligi huzuridagi departament boshlig‘i Zoir Amanov. – Korxonada mavjud o‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish va sinov uskunalarini attestatsiyalash kabi metrologik xizmatlar Agentlik huzuridagi “O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti” DK Navoiy filiali tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda.
“Polipropilen quvurlar” sho‘’ba korxonasida 9 xil o‘lchamdagi polipropilen quvurlari, bir necha xil o‘lchamdagi butlovchi qism (fiting)lar ishlab chiqariladi. Korxonada ISO 9001:2008, ISO 14001:2004, ISO 18001:2011 Xalqaro standartlar bo‘yicha sifat tizimi joriy etilgan.
Korxona tomonidan seriyali ravishda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar “Uz-Test” DUK filiallari tomonidan o‘rnatilgan tartibda sertifikatlashtirilgan. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati korxona huzuridagi attestatsiyalangan laboratoriyasida amalga oshiriladi.
Media tur doirasida jurnalistlar O‘zstandart agentligi tomonidan agentlikning Navoiy viloyati hududiy filiallari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar va hamkorlikda olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Abduvali BO‘RIEV, Siroj ASLONOV (foto), O‘ZA