O‘zPFL 19-tur yakunlariga oid statistikani e’lon qildi
O‘zbekiston Superligasi 19-turining hayratlanarli ko‘rsatkichlari e’lon qilindi.
O‘zbekiston Superligasining 19-tur uchrashuvlari yakunlangach, O‘zbekiston professional futbol ligasi (O‘zPFL) tur doirasida qayd etilgan turli statistik ko‘rsatkichlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 19-turda eng ko‘p zarba bergan futbolchilar orasida «Navbahor» va «Neftchi» vakillari yetakchilik qildi. Jasur Jaloliddinov 8 ta zarba bilan turning bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatkichini qayd etdi. Nurmuhammad Abdug‘aniyev, Asadbek Sobirjonov, Zoran Marushich va Alisher Odilov hisobida esa 5 tadan zarba mavjud.
Jamoalar kesimida eng ko‘p zarba yo‘llagan klub «Neftchi» bo‘ldi — 34 ta. «Navbahor» 25 ta zarba bilan ikkinchi, OKMK 18 ta, «Andijon» esa 17 ta zarba bilan keyingi o‘rinlarni egalladi.
To‘p nazorati bo‘yicha OKMK futbolchilari eng yaxshi natijani qayd etdi. Olmaliqliklar 66 foiz ko‘rsatkich bilan turda peshqadam bo‘ldi. «Andijon» 63 foiz, «Neftchi» 56 foiz, «Nasaf» va «Navbahor» jamoalari esa 55 foizdan to‘p nazoratiga ega bo‘ldi.
19-turning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida «Dinamo» vakili Firdavs Abdurahmonov e’tirof etildi.
Tur uchrashuvlariga muxlislarning tashrifi bo‘yicha ham qiziqarli raqamlar qayd etildi. Eng ko‘p ishqiboz «Neftchi» — «So‘g‘diyona» uchrashuvini kuzatdi. Istiqlol stadionidagi bahsga 13 ming 535 nafar muxlis tashrif buyurdi.

«Dinamo» — «Paxtakor» uchrashuvini 12 ming 620 nafar, «Andijon» — «Paxtakor» bahsini 6 ming 883 nafar ishqiboz stadiondan kuzatgan.
Shuningdek, «Qizilqum» — «Nasaf» uchrashuviga 5 ming 274 nafar, «Qo‘qon-1912» — «Buxoro» bahsiga 3 ming 900 nafar, «Lokomotiv» — «Bunyodkor» o‘yiniga 3 ming 205 nafar, «Surxon» — OKMK uchrashuviga 2 ming 71 nafar hamda «Sho‘rtan» — «Navbahor» bahsiga 475 nafar muxlis tashrif buyurdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA