“O‘zgacha dunyo” shirinliklari (+video)
Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi “Do‘stlik” MFYning bo‘sh turgan binosida ish boshlagan tadbirkor Umida Qurbonova faoliyatiga endi bir yarim yil bo‘ldi. Ammo o‘tgan qisqa davrda u beshta doimiy ish o‘rni yaratib, 50 dan ortiq shirinliklar hamda yarim tayyor mahsulotlar savdosini yo‘lga qo‘ydi. Shu tariqa bu yerda tayyorlanayotgan kundalik oziq-ovqat mahsulotlari viloyat bo‘ylab, hatto poytaxtgacha yetkazib berilmoqda.
Shuningdek, tadbirkor shahardagi 5 ta MFYda filiallar tashkil etib, mahalladagi ishsiz ayollarning qisqa muddatli o‘quv kursida o‘qishi va o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishiga ham ko‘maklashmoqda. Shu kunga qadar bunday kurslarda qariyb 50 nafar xotin-qiz o‘qib, shirinliklar tayyorlash va pazandachilik bo‘yicha ish boshladi.
[gallery-22974]
— Shirinliklarimizga “O‘zgacha dunyo” deb nom berganimiz bejiz emas, - deydi yakka tartibdagi tadbirkor Umida Qurbonova. — Maqsad oilalarga quvonch ulashish, xalqimizning unutilmas kunlarida hamnafas bo‘lishdir. Hozirda mahallada 3 qavatli bino qurilishini yakuniga yetkazyapmiz. Binoning yerto‘la qismida shirinlik va pishiriqlar sexi, yuqori qavatlarda savdo do‘koni, umumiy ovqatlanish shoxobchalarini joylashtirish rejalashtirilgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ozKGMd0es3E" title="“O`zgacha dunyo” shirinliklari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muqimjon QODIROV (surat va video), O‘zA