O‘ZDJTSUDA kriketchi ayollar munosib taqdirlanishdi
8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan joylarda madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, 6 mart kuni O‘zbekiston Kriket federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham bayramga bag‘ishlab, madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Ayni paytda O‘zDJTSUda tahsil olayotgan talabalardan tashkil topgan ayollar kriket jamoasini federatsiya kengashi a’zolari xotin-qizlar ayyomi bilan qutlab, o‘zlarining chiroyli tilaklarini bildirishdi. Shuningdek, kengashi a’zolari tadbir yakunida xotin-qizlardan iborat kriketchilar jamoasiga federatsiya tomonidan sovg‘a sifatida sport kiyimlari va anvoyi gullar ulashishdi.