Özbekistonga kelgan migrantlarga raqamli davlat xizmatlari körsatiladi
Bugun Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yiğilişida "Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga migratsiya va personallaştiriş bölinmalari faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida"gi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi.
Qonun loyihasida çet el fuqarolari, şuningdek, ularni Özbekiston Respublikasiga taklif etgan yoki qabul qiluvçi jismoniy va yuridik şaxslarga yanada qulaylik yaratiş közda tutilgan.
Yaʼni, çet el fuqarolariga Özbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi tasdiqnomani Içki işlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallaştiriş departamenti va uning hududiy boşqarmalari tomonidan berilişi böyiça davlat xizmati körsatilişi nazarda tutilmoqda.
— Bugungi kunda barça soha va yönalişlarda raqamlaştiriş jarayonlari izçil amalga oşirilmoqda, — dedi XDP fraksiyasi aʼzosi Anvar Nurmatov. — Şu jumladan, xorijiy migrantlar uçun Özbekistonda mehnat qiliş huquqini beruvçi tasdiqnomani ham elektron tarzda beriş belgilanmoqda. Şuningdek, loyihada çet el fuqarolari Özbekistonda işlaş uçun kelganda turgan joyi böyiça röyxatga olinişi va davlat boji stavkalarini belgilaş masalalari közda tutilmoqda. Unga köra, bir oy davomida davlat boji undirilmaydi. Ikkinçi oydan boşlab bazaviy hisoblaş miqdorining 2 barobari miqdorida oşib borişi közda tutilmoqda. Bu davlat boji miqdorlarining turliça qöllanilişining oldini olişga xizmat qiladi.
Yiğilişda qayd etilganidek, Personallaştiriş markazi Adliya vazirligi tarkibidan Içki işlar vazirligi tarkibiga ötkazilganidan kelib çiqib, bir qator qonun hujjatlariga texnik özgartirişlar kiritilmoqda.
Muhokamalarda fraksiya aʼzolari tomonidan bir qator taklif-mulohazalar bildirilib, tegişli qarorlar qabul qilindi.
Muhtarama Komilova, ÖzA