Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva YeXHT Parlament assambleyasi Raisi Pia Kauma bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ijobiy natijalari qayd etilib, ularning xalqaro standartlar va YeXHT tamoyillariga muvofiqligi ta’kidlandi.

Suhbat davomida global migratsiya jarayonlari sharoitida aholi bandligini ta’minlash va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.


Uchrashuv yakuni bo‘yicha hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, parlament forumlarini birgalikda tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
N.Abduraimova, O‘zA