O‘zbekistonda kuchli zilzila sodir bo‘lishi mumkinmi? (+video)
So‘nggi paytlarda turli mamlakatlarda kuzatilayotgan zilzilalarga qaramay, olimlar global seysmik faollik oshmaganini ta’kidlamoqda.
So‘nggi vaqtda dunyoning turli hududlarida kuzatilayotgan kuchli seysmik faollik jamoatchilik orasida ko‘plab xavotirli savollarni keltirib chiqarmoqda. Filippin, Yaponiya, Kuba yoki AQSHda sodir bo‘layotgan zilzilalar ko‘pchilikda yer qobig‘i global darajada faollashib ketgani haqida taxmin uyg‘otdi.
Binobarin, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor Sobitjon Maqsudov ta’kidlashicha, global miqyosda seysmik faollik me’yordan oshgani yo‘q. Bu holat sayyoramizdagi mutlaq tabiiy va odatiy geologik jarayon. Bugungi kunda yer tez-tez qimirlayotgandek tuyulishiga asosiy sabab axborot oqimi tezlashgani, internet rivojlangani va o‘ta sezgir ma’lumot qayd etadigan seysmik moslamalar ko‘payganidir.
Ijtimoiy tarmoqda vahima bilan tarqatilayotgan “sayyoralar paradi” yoki global iqlim o‘zgarishi esa ilmiy jihatdan zilzilaga umuman aloqasi yo‘q. Zero, zilzilani faqat Yer ostidagi ichki quvvat vujudga keltiradi.
<iframe width="1431" height="805" src="https://www.youtube.com/embed/yCyo-P7huMo" title="O‘zbekistonda kuchli zilzila sodir bo‘lishi mumkinmi? Mutaxassis javobi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Fardona Yaxshiboyeva,
Ulug‘bek To‘xtayev (videomuhandis),
O‘zA