O‘zbekistonda iqlim bilan bog‘liq yoshlar forumi o‘tkaziladi (+video)
Bugun dunyo bo‘yicha ekologiyaga oid turli ko‘rinishdagi muammolar xavfi ortib bormoqda. Iqlim o‘zgarishi, atmosferaning iflosanishi, suv tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi, cho‘llanish kabi masalalar tobora keskinlashayotgani bu sohaga e’tiborni yanada kuchaytirishni taqozo etadi.
Chegara, sarhad bilmaydigan ekomuammolar Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham begona emas. Mintaqada dolzarb tus olayotgan ekologik xavf-xatarlar besh qo‘shni davlatning bu yo‘nalishdagi hamkorligi va birdamligini sinovdan o‘tkazmoqda. Shu ma’noda Ostonada bo‘lib o‘tgan ekologik sammit, unda davlatimiz rahbarining chiqishi va ilgari surgan taklif-tashabbuslari mintaqa ekologiyasini muhofaza qilishda dolzarb ahamiyatga ega.
Bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shahnoza Xolmahamatova o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Deputat qayd etganidek, O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish, yashillik ko‘lamini kengaytirish, suvdan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, zararli chiqindilarni kamaytirish kabi bir qator sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Mintaqaviy sammitda Prezidentimiz O‘zbekistonning amaliy tajribalaridan kelib chiqqan holda ilgari surgan qator tashabbuslari mintaqa ekologik barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Birgina 2027-yilda mamlakatimizda iqlim bilan bog‘liq yoshlar forumini o‘tkazish taklifi o‘tkir muammolar yuzasidan yoshlar muloqotini shakllantirishda muhim platforma vazifasini bajaradi.
Batafsil quyidagi videohavolada.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/NjMfYXlswas?si=etWYlOygKLz-OWi2" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhtarama Komilova,
Ulug‘bek To‘xtayev (video),
O‘zA