O‘zbekistonda 2020 yil — “YIL ODAMI”
O‘zA — O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan “YIL TANLOVI-2020”da qo‘shimcha yo‘nalishlar doirasida O‘zbekistonda 2020 yilning “YIL ODAMI” nominatsiya e’lon qilinadi.
Joriy 2020 yilda O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga ijobiy ta’sir o‘tkazgan, mamlakat tarixida yorqin iz qoldirgan, o‘z faoliyati bilan jamoatchilikning e’tirofiga sazovor bo‘lgan shaxs deb kimni e’tirof etasiz?
1. Alisher USMONOV — taniqli tadbirkor, metsenat. Alisher Usmonov O‘zbekistonga 2020 yilda o‘z hisobidan katta miqdordagi xayriya mablag‘lari hamda kiritgan investitsiya loyihalari bilan esdan qoldi.
2. Xayrulla BOZOROV — Farg‘ona viloyat hokimi. Namangan viloyatini boshqargan davrida hududni ijtimoiy-iqtisodiy tomondan rivojlantirib, xalq farovonligiga erishishda faol islohotlarni amalga oshirdi. Hukumat Xayrulla Bozorovni joriy yil Farg‘ona viloyati hokimligi boshqaruviga o‘tkazdi.
3. Nurmat Otabekov — O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari. Nurmat Otabekov 2020 yilda ommaning diqqatini o‘ziga qaratib, pandemiya sharoitida rasmiy axborotlarni xalqqa yetkazib turgan mas’ul shaxs sifatida ko‘pchilikning yodida qoldi.
4. Rasul Kusherbayev — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati. Joriy yil ham xalq orasida eng faol deputat sifatida ko‘pchilikning yodida qolgan Rasul Kusherboyev “snos”lar, O‘zAvtoMotors bilan kurash, tadbirkorlar himoyasi va boshqa ko‘plab ijtimoiy masalalarda faolligi bilan ajralib turdi.
Sizning-cha, 2020 yilning “YIL ODAMI” nomiga kim ko‘proq munosib? Yoki sizning "Yil odami" nomiga munosib boshqa takliflaringiz bormi? Fikr-mulohazalarni kutamiz...
Telegram: @UzA_pochta
E-mail: uzauz@yandex.ru