Özbekiston xalq rassomi Anvar Rahmatullayev ijodiga nazar
Özbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Özbekiston xalq rassomi, Davlat mukofoti laureati Anvar Rahmatullayev tavalludining 90 yilligiga bağişlangan retrospektiv körgazma oçildi.
Mazkur körgazma milliy tasviriy sanʼatimiz rivojiga munosib hissa qöşgan, öziga xos ijodiy uslubi va monumental asarlari bilan sanʼat ixlosmandlari eʼtirofiga sazovor bölgan ijodkorning boy badiiy merosini keng jamoatçilikka namoyon etişga qaratilgan.
Anvar Rahmatullayev 1936-yil 5-mayda Toşkent şahrida xizmatçi oilasida tavallud topgan. Uning bolalik yillari Ikkinçi jahon uruşi davriga töğri kelgan. Maktabda tahsil olayotgan kezlarida Özbekistonga evakuatsiya qilingan sinfdoşi V.Lopayev taʼsirida tasviriy sanʼatga qiziqiş uyğongan. Keyinçalik bu qiziqiş uning hayot yöli va kasb tanlaşini belgilab bergan.
Ijodkor 1957–1965-yillarda Toşkent çinni zavodida haykaltaroş-modelçi sifatida faoliyat yuritib, keyinçalik işlab çiqariş jarayoniga rahbarlik qilgan. 1965-yildan Özbekiston Rassomlar uyuşmasi huzuridagi «Rassom» respublika badiiy işlab çiqariş kombinatida mehnat faoliyatini davom ettirgan. Dastlab haykaltaroş, söngra haykaltaroşlik sexi boşliği va kombinatning mazkur yönaliş böyiça rahbari lavozimlarida işlagan.
Anvar Rahmatullayevning kasbiy mahorati, taşkilotçilik qobiliyati, şaharsozlik va monumental sanʼat sohasida töplagan tajribasi uning keyingi faoliyatida ham muhim örin tutgan. U 1972–1987-yillarda Toşkent şahrining boş rassomi lavozimida işlab, poytaxtning meʼmoriy-badiiy qiyofasini şakllantiriş, taşqi reklamani tartibga soliş, monumental yodgorliklar va memorial majmualar yaratiş jarayonlarida faol iştirok etgan.
Rassom ijodi plastik ifodaning boyligi, kompozitsion yeçimlarning mukammalligi, badiiy obrazlar ruhiyatini oçib berişdagi öziga xos yondaşuvi bilan ajralib turadi. U öz asarlarida inson va tarix, milliy qadriyatlar hamda zamon ruhini teran badiiy talqin etişga intilgan.
Ayniqsa, ijodkorning haykaltaroşlik asarlarini atrofdagi meʼmoriy muhit bilan uyğunlaştiriş, materialning tabiiy xususiyatlaridan mahorat bilan foydalaniş qobiliyati eʼtiborga molik. Uning monumental asarlarida şakl va hajm mutanosibligi, badiiy ifoda hamda maʼnaviy mazmun özaro uyğunlaşgan.
Sanʼatşunoslik fanlari nomzodi Ruslan Irgaşevning taʼkidlaşiça, Anvar Rahmatullayev asarlarining öziga xosligi taşqi dabdabadorlikda emas, balki badiiy obrazlar xarakterini nozik his etiş va ularning içki mohiyatini teran oçib berişda namoyon böladi.
Körgazma ekspozitsiyasidan sanʼatkorning turli yillardagi ijodiy izlanişlari, uslubiy şakllanişi va kasbiy kamolot bosqiçlarini aks ettiruvçi asarlar örin olgan.
Toşkentdagi Muhammad al-Xorazmiy haykali, poytaxt va Nukus şaharlaridagi Mirzo Uluğbek yodgorliklari, Termizdagi «Alpomiş» monumental-haykaltaroşlik kompozitsiyasi Anvar Rahmatullayev ijodining yirik namunalaridandir. Mazkur obidalar şaharlar meʼmoriy qiyofasining muhim tarkibiy qismi böliş bilan birga, xalqimizning boy tarixi, ilm-fan ravnaqi va qahramonlik anʼanalarini özida mujassam etgan.
[gallery-32727]
Şuningdek, ekspozitsiyada memorial majmualarga oid ijod namunalari hamda muallifning şaxsiy töplamida saqlanayotgan dastgohli asarlar ham namoyiş etilmoqda. Ular tomoşabinlarga rassomning monumental haykaltaroşlik bilan bir qatorda, dastgohli sanʼatdagi badiiy qaraşlari, mavzu va obrazlar tanlaşdagi öziga xos yondaşuvi bilan yaqindan tanişiş imkonini beradi.
Uşbu körgazma Anvar Rahmatullayevning serqirra isteʼdodi va ijodiy merosini yaxlit namoyon etişi, uning özbek tasviriy sanʼati taraqqiyotidagi örnini çuqurroq anglaşga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
Bunday madaniy-maʼrifiy tadbirlar yoş avlodning milliy sanʼatimiz tarixiga qiziqişini oşiriş, ustoz ijodkorlar merosini örganiş va asrab-avaylaş, badiiy anʼanalar davomiyligini taʼminlaşda muhim örin tutadi.
Körgazma 20-dekabrga qadar davom etadi.
Kamola YUSUPOVA,
Oybek PARDAYEV (surat), ÖzA