Özbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistonini yengdi
Qatar poytaxti Doha şahridagi «Jassim bin Hamad» stadionida futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarşi xalqaro örtoqlik uçraşuvini ötkazdi.
Öyinda Fabio Kannavaro şogirdlari 2:1 hisobida ğalaba qozondi. Uçraşuvning 19-daqiqasida Şerzod Esanov raqib himoyaçisining xatosidan foydalanib, hisobni oçdi. 23-daqiqada Firas Al-Buraykan boş bilan yöllagan zarbasi orqali muvozanatni tikladi. 35-daqiqada Behruz Karimovning jarima maydonçasiga uzatgan töpini Şerzod Esanov darvozaga joylab, dubl qayd etdi. 39-daqiqada Husayn Norçayevning kiritgan goli öyindan taşqari holat sababli hisobga olinmadi.
Ikkinçi bölimning 50-daqiqasida Abbos Fayzullayevga nisbatan qöpol öynagan Ali Lajami qizil kartoçka bilan maydondan çetlatildi. Qolgan daqiqalarda hisob özgarmadi va Özbekiston terma jamoasi ğalabani saqlab qoldi.

Javohir Toşxöjayev,
ÖzA