O‘zbekiston sun’iy intellektni qanday joriy qilmoqda?
Atigi bir necha yil oldin O‘zbekiston raqamlashtirish masalasinini davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga kiritdi. Bugun sun’iy intellekt rasmiy strategiyalar, davlat dasturlari va kundalik xizmatlarning bir qismiga aylandi. Universitet, maktablarda ushbu yo‘nalishda alohida fanlar joriyo etilmoqda.
2020-yilda qabul qilingan “Raqamli O‘zbekiston - 2030” dasturi, rezidentlar uchun soliq imtiyozlariga ega “IT Park”ning qurilishi va viloyatlarda filiallari ochilishi, ommaviy dasturlash bo‘yicha dasturlar yaratilishi bu boradagi muhim bosqichlardan bo‘ldi. Davlat xizmatlari yagona portali onlayn formatga o‘tkazildi, elektron to‘lov tizimlari va bank ilovalari rivojlandi. Bularning barchasi raqamli ma’lumotlar to‘plamini va onlayn xizmatlardan foydalanish odatini shakllantirdi.
2020-yillarning o‘rtalarida barcha viloyatlarda IT-parklar paydi bo‘ldi va ushbu tarmoqda 190 mingdan ortiq kishining bandligi ta’minlandi. Bir vaqtning o‘zida, O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik bo‘yicha xalqaro reytinglarda sezilarli darajada yuqoriladi: rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimiz bu ko‘rsatgich bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egallaydi.
Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi
Prezidentimizning qarori bilan Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi. Maqsad – ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizning sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanuvchi dunyoning yetakchi davlatlar qatoriga kirishiga erishishdan iborat.

Sun’iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish, yagona davlat xizmatlari portalida sun’iy intellekt asosida ko‘rsatiladyotgan xizmatlar ulushini oshirish hamda hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi – “Government AI Readiness Index”da dunyoning eng yaxshi 50 ta yetakchi davlatlar qatoriga kirishiga erishish – maqsadli ko‘rsatgichlar qatoriga kiradi.
Strategiya bilan birga, 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi hamda ijtimoiy va iqtisodiyot tarmoqlarida shakllantiriladigan “katta ma’lumotlar” ro‘yxati ham tasdiqlandi. 2026-yil 1-mayga qadar sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari doirasida ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan hisoblash quvvatlarini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
2025-yilda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2025-2026-yillarda vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxati tasdi. Hukumat portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, u Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi tashkilotlarning 64 ta loyihasi hamda boshqa vazirlik va idoralar amalga oshiradigan 22 ta loyihani o‘z ichiga oladi. Alohida bandda Toshkent shahridagi Inha universiteti uchun grafik ishlov berish bloklarini (GPU) o‘z ichiga olgan yuqori samarali hisoblash klasterini xarid qilish ko‘zda tutilgan.

Sog‘liqni saqlash sohasida tibbiy ko‘rik jarayonini avtomatik ravishda bayonlashtirish uchun tibbiy muassasalarda nutqni sintez qiladigan ovozli yordamchi dasturlar, mammografiya tadqiqotlari asosida ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash bo‘yicha sun’iy intellekt - эълон qilingan loyihalar qatoridadir.
Transport va infratuzilma. Temir yo‘l va yo‘llar holatini monitoring qilish tizimi, vokzallarda fuqarolarni identifikatsiya qilish uchun “UzFace” tizimi, shuningdek, haydovchilarni yo‘lda mudrash va uxlab qolish kabi xavfli vaziyatlardan ogohlantirish kabi tizimlarni yaratish va ishga tushirish rejalashtirilgan. Elektr uzatish tarmoqlarining holatini nazorat qilish va o‘zboshimchalik bilan amalga oshirilgan qurilishlarni aniqlash – kompyuter texnologiyasi harajatlarni tejashga imkon beradigan yo‘nalishlardan hisoblanadi.
Ta’lim. Universitetlarda sun’iy intellekt laboratoriyalarini tashkil qilish rejalashtirilmoqda, sun’iy intellekt asoslari bo‘yicha maktab dasturlari ishlab chiqilmoqda. Davlatimiz rahbari mamlakatimiz bo‘yicha 19 mingdan ortiq informatika o‘qituvchilarini bu borada muhim resurslardan biri sifatida qayd etdi.
Prezidentimizning rasmiy saytida 2026-yil may oyida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda sun’iy intellekt yo‘nalishida 100 ga yaqin amaliy loyiha va 200 dan ortiq tajriba-sinov tashabbuslari boshlangan. Bunday loyihalar samaradorligini ta’minlash uchun 24 million dollarlik GPU-klasterga ega infratuzilma ishga tushirilgan. Shuningdek, keyingi bosqich – 2027-2031-yillarda tarmoqlarda sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha umumiy qiymati 200 million dollarlik loyihani hamda maktablarda startap zonalarini tashkil qilish ishlari muhokama qilinmoqda.
Raqamli iqtisodiyot uchun mutaxassislar
2030-yilga qadar IT-xizmatlar eksportini 5 mlrd dollarga yetkazish hamda sohada 300 ming nafar yoshlarni band qilish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Biroq “dasturlashni biladi” bilan “sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqib, joriy etishni uddalay oladi” degani emas.
Mashinali o‘qitish, ma’lumotlar muhandisligi va “MLOps” bo‘yicha mutaxassislar hamda jahon dasturlari darajasida o‘qita oladigan o‘qituvchilar yetishmaydi. Toshkentda horijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallari, korporativ akademiyalar, onlayn-ta’lim va stajirovkalar bo‘yicha xalqaro hamkorlik samarali chora-tadbirlardan sanaladi. Iste’dodlarni saqlab qolish ham muhim ahamiyatga ega.

Ommaviy raqamli savodxonlik masalasi ham e’tiborimiz markazida. Aksariyat xodimlar uchun sun’iy intellekt alohida kasb sifatida emas, buxgalteriya, o‘qituvchilik, tibbiyot, yurisprudensiya va savdo kabi sohalarda qo‘llaniladigan vosita sifatida kirib keladi. Yordamchilardan samarali foydalanish, ularning javoblarini tekshirish va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmasi xuddi elektron jadvallar bilan ishlash kabi asosiy malakaga aylanadi.
Mamlakatimiz sun’iy intellektni rivojlantirish yo‘lida izchil ishlarni amalga oshirmoqda. Sun’iy intellektni 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi qabul qilingan, aniq maqsadli ko‘rsatgichlar belgilangan, soha davlat darajasida qo‘llab-quvvatlanmoqda, birinchi davlat GPU-klasteri yaratildi. Yoshlarning bilimlari ortishi, siyosiy irodasi mustahkamlanishi, davlat xizmatlarining jadal raqamlashtirilishi, sarmoyadorlar, texnologik hamkorlarning mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishining ortishi - O‘zbekistonning ulkan yutuqlaridandir. Allaqachon yuzlab tajriba-sinov loyihalari sun’iy intellektning amaliy foydasini ko‘rsatib berdi, tanlangan yo‘l esa, Markaziy Osiyoda raqamli rivojlanish bo‘yicha yetakchilardan biriga aylanish imkoniyatini beradi.
Orash Akaboyev, O‘zA