O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 mart kuni Parij shahridagi Burbon saroyida Fransiya Milliy majlisi Raisi Yael Braun-Pive bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo almashinuvni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ushbu tashrifning tarixiy ahamiyati, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Fransiya parlamenti quyi palatasi rahbari Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarni, vakillik organlarining roli, xotin-qizlar, bolalar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari hamda ekologik xavfsizlik kafolatlari kuchayganini yuqori baholadi.

O‘zbekiston-Fransiya parlamentlararo forumini tashkil etish va "yo‘l xaritasi" asosida do‘stlik guruhlari ishini qayta tiklash masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston yetakchisi Milliy majlis Raisini joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga taklif etdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti va Fransiya Milliy majlisi Raisi parlamentlararo almashinuvni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar