O‘zbekiston notariat tizimi yana bir bor e’tirof etildi
Joriy yilning 23-25-aprel kunlari Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasida notariat tashkil topganligining 160 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi. Unda MDH ga a’zo davlatlar notariat vakillari, shu jumladan O‘zbekiston Notarial palatasi delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Mazkur anjumanda notariatning izchil rivojlanishi, uning huquqiy tizimdagi mustahkam o‘rni va ahamiyati haqida so‘z bordi.

Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston Notarial palatasi raisi Dilshod Ashurov “O‘zbekistonning zamonaviy notariati – raqamlashtirish va islohotlar” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada o‘zbek notariatida inqilobiy islohotlarga mamlakat rahbarining shaxsan bosh-qosh bo‘layotgani, keyingi 6 yilda qabul qilingan faror, Farmonlarning sohani butkul o‘zgartirganligi, notariat qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlar tufayli aholiga yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi. Mustaqil davlat hamdo‘stligiga a’zo davlatlar notarial tizimlari o‘rtasida shakllangan ko‘p yillik samarali hamkorlik aloqalarini alohida ta’kidlandi.

Ishtirokchilar O‘zbekiston notariat tizimi takomillashib borayotganligi, ko‘p jabhada boshqa davlatlar notariat tizimlariga ibrat bo‘layotganligini e’tirof etdilar.
Hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yishda hamda notariat tizimlari rivojlanishida ko‘rsatgan xizmatlari uchun Dilshod Ashurov Rossiya Federal Notarial palatasining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
O‘zA