“O‘zbekiston - Markaziy Osiyoning yangi yo‘lbarsi”
XX asr o‘rtalaridan boshlab Osiyo mintaqasidagi bir guruh mamlakatlar qisqa vaqt ichida iqtisodiy va texnologik taraqqiyotda misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishib, jahon hamjamiyatini bir necha bor hayratda qoldirdi. Holbuki, ayrim davlatlar o‘z tarixida bunday yuksalishga erisha olmagan.
“Osiyo yo‘lbarslari” alohida iqtisodiy fenomeni allaqachon iqtisodiyot darsliklaridan o‘rin olgan. Osiyo yo‘lbarslarining birinchi to‘lqini - Janubiy Koreya, Singapur, Tayvan va Gonkong 1960-yildan 1990 yillargacha eng yuqori cho‘qqiga erishdi, ularning jadal o‘sishi 1998 yilda sodir bo‘lgan Osiyo inqirozidan so‘ng barqarorlashdi.
Ikkinchi to‘lqin yo‘lbarslari - Indoneziya, Malayziya, Vetnam va Tailand modernizatsiyani 1990-yil oxirlaridan boshlashdi va ayni paytda ushbu davlatlar osiyolik “to‘ng‘ich” sheriklarining texnologik zanjirlarida to‘laqonli ishtirok etmoqda hamda iqtisodiyot tuzilmasi bo‘yicha ularga yaqinlashmoqda. Ularning korxonalari yaxshi daromad olmoqda, aholisi Osiyoning boshqa mamlakatlarinikidan ko‘ra yaxshi yashashmoqda, biroq ayni paytda iqtisodiyotning o‘sishi ilgarigidek yuqori emas.
Endi uchinchi to‘lqinning vaqti keldi, Markaziy Osiyoning vakili – O‘zbekistonni ishonch bilan uning lokomotivi deb, atash mumkin.
Nega ishonch bilan O‘zbekistonni Janubi-Sharqiy Osiyodagi estafetani o‘z qo‘liga olib, keyingi yo‘lbars bo‘la oladi, deb aytish mumkin?
Barcha “yo‘lbarslar”ni yagona pattern – horijiy kapital oqimi va inson kapitali sifatini yaxshilash birlashtirgan. Bular, bugungi kunda, ayniqsa, oxirgi bir necha yilda O‘zbekistonga xos bo‘lgan omillardir.
Inson kapitaliga keladigan bo‘lsak, shuni ta’kidlash kerakki, Markaziy Osiyodagi nefti bo‘lmagan boshqa mamlakatlar orasida O‘zbekiston eng yuqori mehnat unumdorlikka ega (kishi boshiga $1700). O‘zbeklar bu ko‘rsatgich bo‘yicha hatto iqtisodiyoti besh baravar katta bo‘lgan Pokistonni ham ortda qoldirdi.
Yuqori mehnat unumdorligi – bu nafaqat xarid qilingan texnologiyalar va xorijiy uskunalar natijasi. Odamlar mehnat samaradorligini rivojlantirishning asosiy omili - ta’limdir. O‘zbekistonda sovet davrlaridan buyon kuchli o‘rta maktab yaratilgan, ammo davlat yanada rivojlanib, oliy ta’lim institutlarini ham rivojlantirmoqda.
Umuman olganda, O‘zbekiston ta’lim uchun yiliga YAIM ning 5-6% ni sarflaydi, bu nafaqat MDH da, balki, dunyo bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatgichlardan biridir. Masalan AQSH da ta’lim uchun shuncha mablag‘ sarflanadi.
Xorijdan keladigan kapital oqimi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar katalizatori bo‘lishi kerak.
2016 yildan boshlab amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar samarasida xorijiy investitsiyalarni fallashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidenti Sh.M. Mirziyeyov, uning administratsiyasi va investitsiya muhitini yaxshilash va biznesning iqtisodiy faolligini rag‘batlantirishga oid qonunlar ishlab chiqarishda ishtirok etadigan idoralarning faoliyatini qayd etmaslikning iloji yo‘q.
Valyuta bozorining liberallashtirilishi, davlat korxonalarining keng ko‘lamli xususiylashtirilishi, rejalashtirilayotgan ayrim ichki narxlarning liberallashtirilishi, zamonaviy pul-kredit siyosati – bularning barchasi har yili O‘zbekistonga tobora ko‘proq sarmoya kiritishga tayyor bo‘lgan xorijiy sarmoyadorlar tomonidan nihoyatda ijobiy qabul qilinmoqda.
Yo‘lga qo‘yilgan iqtisodiy islohotlar samarasida O‘zbekiston iqtisodiyoti ko‘proq sanoat-texnologik mamlakat alomatlariga ega bo‘ladi. O‘zbekiston hozir ham YAIM da sanoat ishlab chiqarish bo‘yicha (28%) va xizmatlar bo‘yicha (30%) nisbatan yuqori ulushga ega. Biroq bu uzoq yo‘lning boshlanishi, xolos. Mamlakatda zavonaviy zavodlar ochilmoqda, uskunalar import qilinmoqda, bular ertami kechmi, eksport mahsulotlari va o‘z mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining sezilarli darajada o‘sishiga olib keladi.
O‘zbekiston iqtisodiyotning real o‘sish sur’atlari ko‘p yillardan buyon 5% ni tashkil etadi va bu oddiy holat emas. O‘tgan yili, O‘zbekiston va Tojikiston o‘tgan yilgi koronavirus pandemiyasiga qaramay, MDH mamlakatlari orasida YAIM o‘sishining ijobiy sur’atlarini ko‘rsatgan yagona davlatlar bo‘ldi.
O‘zbekistonning iqtisodiy sakrashni amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan omillar bormi?
Agarda epidemiyalar va jahon inqirozlari shaklidagi oldindan aytib bo‘lmaydigan vaziyatlarni hisobga olmasak, umuman olganda – yo‘q. Iqtisodiy sakrash uchun ajoyib zamin tayyorlangan. O‘zbekiston – resurlar va inson kapitaliga boy mamlakat, respublikaning tashqi qarzi nisbatan kichik, mamlakatning zamonaviy, ilg‘or hukumati islohotlarni davom ettirmoqda. “Yo‘lbars”ni tizimli tarzda sekinlashtiradigan yoki to‘xtatadigan omillar mavjud emas.
Muallifi — Sovkombank bosh tahlilchisi.