O‘zbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi
Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi bo‘lib o‘tadi.
2025 yilning 5-9 aprel kunlari poytaxtimizdagi Kongress xoll majmuasida o‘tkaziladigan mazkur anjumanda dunyoning 180 ta mamlakati, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Yig‘ilishning asosiy mavzusi “Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakati” bo‘lib, unda kambag‘allikni bartaraf etish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy inklyuziyani qo‘llab-quvvatlash va qaror qabul qilish jarayonida kamsitilgan guruhlar ishtirokini oshirish kabi masalalar muhokama qilinadi.
Assambleya so‘nggida Ittifoqning rezolyutsiyalari va Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi.
O‘zA