Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya ayni damda Italiyada bo‘lib turibdi. Dastur doirasida vazir Hilola Umarova "Perudjia" chet elliklar universiteti rektori, professor Valerio De Chezaris bilan uchrashdi.

Muloqotda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida hamkorlik o‘rnatish, tajriba almashish, ta’lim va ijtimoiy sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish haqida so‘z bordi. Muhokama davomida xorijiy tashkilot tomonidan o‘qituvchilar malakasini oshirish uchun grant mablag‘lari ajratilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shundan so‘ng, Italiya xalqaro tashkiloti hamjamiyati (SIOI) prezidenti Rikardo Sessa bilan istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv so‘ngida vazirlik va tashkilot o‘rtasida hamkorlik yuzasidan kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra, endi iqtidorli yoshlar ushbu tashkilot bilan hamkorlikdagi almashinuv dasturlarida ishtirok etadi.

Shuningdek, vazir Hilola Umarova va “Global Hippo Association” tashkiloti prezidenti Daniyele Piachenti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilot tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan ingliz tili olimpiadasiga MDH mamlakatlaridan talabgorlarni saralash bosqichini joriy yil O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishildi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Italiya: o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi