O‘zbekiston ilk bor nufuzli IOI 2026 xalqaro olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda
Joriy yilning 9-16-avgust kunlari O‘zbekiston tarixda birinchi marta 38 Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qilmoqda. IOI — maktab o‘quvchilari orasidagi eng nufuzli dasturlash musobaqasi bo‘lib, u texnologik gigantlar va yetakchi global ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun eng iqtidorli yoshlarni saralab olish maydonidir.
Alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan IOI -2026 tarixida eng ko‘p mamlakatlarni ro‘yxatdan o‘tishi yuzasidan rekord natija qayd etdi. 97 mamlakatdan 386 nafar iqtidorli o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi.
2025-yilgi Boliviya olimpiadasidan kumush va bronza medallar bilan qaytgan O‘zbekiston terma jamoasi endi o‘z uyida bahslashadi.
O‘zA