O‘zbekiston armiyasining xalqaro reytingdagi o‘rni qanday?
«Global Firepower» portalining «Global Firepower Index–2022» jahon reytingida O‘zbekiston armiyasi 54-o‘rinni egalladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekiston armiyasi harbiy qudrati bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi, jahonda esa 51-o‘rinni egallagan edi.
Mamlakatimiz 2022 yilgi reytingda ham Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchilikni saqlab qolgan.
Jumladan, Qozog‘iston 64 o‘rin, Turkmaniston 83, Qirg‘iziston 90, Tojikiston 111, Afg‘oniston 118 esa o‘rinni qayd etgan.
Birinchi o‘rinni an’anaviy ravishda Qo‘shma Shtatlar egallagan. Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Pokiston va Braziliya kirgan. Reytingda jami dunyoning 140 ta davlati armiyasi baholangan.
Reytingni tuzishda ekspertlar 50 dan ortiq omillarni, xususan, harbiy xizmatchilar soni, texnik jihozlanish darajasi, moliyalashtirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va moddiy-texnika imkoniyatlarini hisobga olgan.
Ma’lumot o‘rnida, mamlakatimiz armiyasida 70 ming harbiy xizmatchi bor. Shuningdek, uning arsenalida 194 ta havo texnikasi, jumladan, 60 ta qiruvchi samolyot, 33 ta hujum vertolyoti, 420 ta tank, 98 ta reaktiv raketa tizimi, 1,2 ming zirhli transport vositalari va 60 ta artilleriya to‘pi bor.
O‘zA