O‘zbek chavandozi Abu-Dabida zafar quchdi
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “CSI * 4 145 Longines Ranking Abu Dhabi Alhiraa” nomli xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdurahmon Abdullayev “Konlouba” laqabli otda ishtirok etib, shohsupaga ko‘tarildi.
Hamyurtimiz ko‘rsatgan natijalari evaziga ikkinchi pog‘onadan joy oldi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bundan avvalroq boshqa bir yurtdoshimiz Behzod Qurbonov Rossiyaning Moskva viloyatida o‘tgan “MAXIMA MASTERS” turnirida konkur yo‘nalishida musobaqa marshrutini muvaffaqiyatli bosib o‘tib, “King cornet” laqabli tulporida 3-o‘rinni egallagandi.

O‘zA