O‘zbek adabiy tilida so‘z va qo‘shimcha ma’nodoshligi
Firuz Sulaymonovich SAFAROV dotsent filologiya fanlari nomzodi Buxoro davlat universiteti Buxoro, O‘zbekiston f.s.safarov@buxdu.uz
Annotatsiya
Maqolada o‘zbek adabiy tilidagi so‘z va qo‘shimcha ma’nodoshligi tahlil qilingan. Uzvli va kontekstual metod asosida o‘zbek adabiy tilidagi shaxs, egalik, shart, to‘siqsizlik, ta’kid ma’nosini bildiruvchi so‘z va qo‘shimchalar ma’nodoshligi tahlil qilingan. Tahlil asosida ma’nodosh vositalarning denotativ xususiyati o‘xshash bo‘lib konnotativ xususiyati farq qilishi ochib berilgan.
Tayanch so‘zlar: so‘z va qo‘shimcha ma’nodoshligi, tejamkorlik, ta’kid, konnotatsiya, shaxs ma’nosi, egalik ma’nosi, shart ma’nosi, to‘siqsizlik ma’nosi.