«Oydin yo‘l»da rais qayta saylandi
FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi «Oydin yo‘l» mahallasida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla ahlining 290 nafar vakili munosib nomzodga ovoz berdi.
Nomzodlar o‘z dasturlari, oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari haqida ma’lumot bergach, vakillar ovoz berishni boshladi. Saylov natijasiga ko‘ra Muhammadali Najimov 80 foiz ovoz bilan fuqarolar yig‘ini raisi etib qayta saylandi.
[gallery-7319]
- Mahallamizda 4300 dan ortiq aholi yashaydi. bugungi saylovda mahallamiz vakillari menga qayta ishonch bildirib ovoz berishdi. Albatta, bundan xursandman, shu bilan birga zimmamdagi mas’uliyat ham yanada ortdi. Ish faoliyatimda mahallaning obod bo‘lishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar samaradorligini oshirishga bor kuch-quvvatimni sarflayman, - deydi Muhammadali Najimov.
Maqsad HABIBULLAEV (surat),O‘zA