“Otis” to‘fonida 27 kishi halok bo‘ldi
Meksikaning Akapulko shahrida chorshanba kuni rekord darajadagi 5-toifali “Otis” to‘foni ko‘tarilib, kamida 27 kishi halok bo‘lgan, milliardlab dollar zarar ko‘rilgan.
“Reuters” xabariga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida ko‘chalarni suv bosgan, uy va mehmonxonalar tomi jiddiy shikastlangan, avtomobillar suvga botgan, aloqa uzilgan.
“Akapulkoda sodir bo‘lgan voqea haqiqatan halokatli”, - dedi mamlakat Prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador matbuot xodimlariga.
Hukumat ma’lumotiga ko‘ra, to‘rt kishi hamon bedarak.