Ot ustida kurashda hamyurtimiz kuchlilar safida
Tatariston poytaxti Qrimda ot sportining ot ustida kurash turi bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida mamlakatimiz sportchisi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
40 ta davlatning 70 nafardan ziyod chavandozlari qatnashgan jahon chempionatining shiddatli bahslari natijasida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati Chavandozlar maktabining mahoratli sportchisi Xolbek Sultonov 100 kilogramm vaznda bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shiddatli kechgan bellashuvlarda Sultonov bir qator raqiblarini dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Bronza medali uchun kechgan kurashda mo‘g‘ulistonlik polvonni mag‘lub etdi va shohsupaning 3-pog‘onasidan joy egalladi. 1-o‘rin Qozog‘iston, 2-o‘rin Tatariston jamoasi a’zosiga nasib etdi.

"Tatariston-2023" nomi ostida kechgan bahslarda yurtimiz sharafini ulug‘lagan sport delegatsiyamiz ertaga yurtimizga qaytib keladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA