O‘smir qilichbozlar Toshkentda jam bo‘ldi
Toshkent shahrida joylashgan "Paxtakor" va "Yoshlik" kilichbozlik zallarida U17 yosh toifasidagi yigit va qizlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi.
O‘zbekiston Sport vazirligi, qilichbozlik federatsiyasi va bir qator tashkilotlar tomonidan mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlari sport dasturidan joy olgan qilichbozlikni yanada ommalashtirish, ushbu sport turi bo‘yicha iqtidorli yoshlarni saralash maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan qilichbozlar o‘zaro raqobatlashmoqda.
Joriy yilning 6 fevral kuniga qadar davom etadigan mazkur chempionatda qilichbozlikning shpaga, sablya va rapira bo‘yicha bellashuvlari o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
[gallery-21555]
Javohir Toshxo‘jayev, Nosir Haydarov (surat), O‘zA