Osiyo ochiq kubogida 8 medal
Qozog‘istonning Aktau shahrida dzyudo bo‘yicha o‘tgan Osiyo ochiq kubogida O‘zbekiston terma jamoasi bittadan oltin va kumush hamda oltita bronza jami 8 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Vazni 73 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar bahsida Murodjon Yo‘ldoshev barcha raqiblarini yengib oltin medalga sazovor bo‘ldi. G‘iyosjon Boboyev 81 kilogrammgacha vaznda kumush medali bilan taqdirlandi.
Shuningdek, kubok bahslarida Gulnur Muratboyeva, Shukurjon Aminova, Muxlisa Ganjayeva, Farangiz Xolmurodova, Rinata Ilmatova hamda Arslonbek Tojiyev shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Polvonlarimiz umumjamoa hisobida Rossiya va Qozog‘istondan so‘ng uchinchi o‘rinni egalladi.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA