Osiyo chempionatida qo‘shaloq oltin!
Poytaxtimizda badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Kecha musobaqaning tantanali ochilish marosimi va dastlabki yo‘nalishlarda final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, Turizm va sport vazirining o‘rinbosari Avaz Karimov, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi raisi Ruslan Mustayev so‘zga chiqib, Prezidentimiz tomonidan ommaviy sport va sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tdi.
[gallery-2719]
Shundan so‘ng, yakkalik bahslarida halqa va to‘pdagi mashqlar bo‘yicha final bahslariga navbat berildi. Quvonarlisi, vakillarimiz Taxmina Ikromovaning halqada, Yekaterina Fetisovaning to‘pda bajargan dasturi hakamlarning eng yuqori ballariga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa qizlarimiz ilk kundayoq terma jamoamiz hisobiga qo‘shaloq oltin medallarni taqdim qilishdi.
Badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.
Muhammad AMIN (surat) O‘zA