Orolbo‘yining aksariyat maktablarida o‘qish boshlandi
O‘zgidrometeorologiya markazining ma’lumotiga asosan joriy yilning 11-18 yanvar kunduz kunlari ov-havoning keskin pasayib ketmasligini hisobga olgan holda Orolbo‘yining aksariyat maktablarida o‘qish dasturiy (oflayn) tarzda boshlandi.
– Jami 721 ta umumta’lim maktabidan 571 tasida o‘qish bugundan boshlangan bo‘lsa, 8 ta umumta’lim maktabida 13 yanvarda, 9 ta umumta’lim maktabida 14 yanvarda, 133 ta umumta’lim maktabida 16 yanvarda boshlanadi, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Akbar Rayimov. – Bunda ayrim maktablarni tabiiy gaz bilan ta’minlashdagi muammolar, olis joylardan qatnaydigan o‘quvchilarning borligi hisobga olindi. Ushbu maktablarda issiqliq ta’minotidagi muammolar mutaxassislar ishtirokida joyida bartaraf etilmoqda. Shu bilan birga, o‘quv darslarining boshlanish vaqti vaqtincha 8:30 dan 9:30 ga ko‘chirildi hamda har bir darsning davomiyligi 35 minut qilib belgilandi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, joriy yil 12-18 yanvar kunlari barcha umumta’lim maktablarida har qanday tadbirlar o‘tkazish, o‘quvchilarni qo‘shimcha to‘garaklarga, sport musobaqalariga jalb qilish man etiladi.
Dovud Abibullayev, O‘zA