O‘quvchilar, Talaba-o‘quvchilar hamda Talabalar ligasi g‘oliblari taqdirlandi
“Zakovat” intellektual o‘yinining to‘qqiz oy davomida o‘tkazilgan O‘quvchilar, Talaba-o‘quvchilar hamda Talabalar ligasining 2025/26 o‘quv yili g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ligalarda mos ravishda quyidagi jamoalar g‘alaba qozondi.
Jumladan, O‘quvchilar ligasida 1-o‘rin Ishtixon tumanidagi 48 maktabning “Lemniskata”, 2-o‘rin Pop tumanidagi 67-maktabning “Junior”, 3-o‘rin Termiz shahridagi 9-maktab jamoasiga nasib qildi.

Talaba-o‘quvchilar ligasida 1-o‘rinni Marhamat tumanidagi 1-sonli texnikum jamoasi, 2-o‘rinni TDYU akademik litseyining “Legist” hamda 3-o‘rinni IIV Farg‘ona akademik litseyining “Dominator” jamoasi egalladi.

Talabalar ligasida 1-o‘rin O‘zMUning “Oybek va uning jamoasi”ga, 2-o‘rin Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasiga, 3-o‘rin Fan va texnologiyalar universiteti “USAT” jamoasiga berildi.
G‘olib jamoalar planshet va diplomlar bilan taqdirlandi.
G.Boboyeva, O‘zA