O‘quvchilar navbatdagi bilimlar sinovida bahslashmoqda (video)
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 16-umumta’lim maktabida birinchi guruh fanlaridan asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichiga start berildi.
Olimpiada sinovlari matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika kabi 15 ta fan bo‘yicha tashkil qilindi. Unda umumta’lim maktablari, akademik litsey va ixtisoslashtirilgan maktablarning tuman bosqichida g‘olib chiqqan 9-11-sinfda saboq olayotgan jami 2 ming 731 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.
[gallery-20554]
Ta’kidlash joiz, amaldagi tartib bo‘yicha asosiy olimpiadaning uchinchi muhim bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar birinchi o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining olti baravari, ikkinchi o‘rin uchun to‘rt baravari, uchinchi o‘rin uchun esa uch baravari miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/-rUu6vMmyPg?si=-j7KqYQOALRPwnF4" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat,video),O‘zA