O‘quv yili tantanali boshlandi
FOTOREPORTAJ
Jizzax politexnika institutida yangi 2026/2027 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik to‘yi” hamda “Bilimlar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
“Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod etaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, talaba-yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbirda institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmonqulov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni yangi o‘quv yili va istiqlolimizning 35 yilligi bilan qutladi.
[gallery-31303]
Institutning so‘nggi yillardagi ilmiy-amaliy yutuqlari, professor-o‘qituvchilar va talabalarning erishgan natijalari qayd etildi. Yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Bir guruh fidoyi professor-o‘qituvchilarga davlat mukofotlari, iqtidorli talabalarga sohaviy vazirlik tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Talabalarning vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlari, “Mustaqillik mushoirasi”, milliy raqs kompozitsiyalari hamda harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
An’anaga muvofiq, birinchi bosqich talabalariga ramziy “Bilimlar kaliti” topshirilib, ularning tantanali qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi.
Tadbir doirasida “35 yil – 35 yutuq”, “35 yil – 35 kitob”, “Vatan fidoyilari”, “35 ta innovatsion g‘oya”, “Bir Vatan – bir oila”, “Mening universitetim – mening Vatanim” va “Yangi O‘zbekiston yoshlari” mavzularida ko‘rgazmalar namoyish etildi.
Jamshid YORBEKOV(surat),O‘zA