Ona tilim – sarchashmangdan sarxush dilim
Ona tili – muqaddas tushuncha. Har bir inson o‘z ona tilini ulug‘laydi, ko‘kka ko‘taradi. U orqali dunyoni taniydi, kashf yetadi, jamiyatda o‘z o‘rnini topadi.
Til – millatning ko‘zgusi bo‘lib, unda tarix, o‘tmish va kelajak jonlanadi. “Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur” - deya ye’tirof yetadi Abdulla Avloniy .
Tarix guvohki, mana bir necha ming yillardan beri ona tilimiz hanuzgacha o‘zining ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. O‘zbek tilining yeng ahamiyatli jihati shundaki, u shunday shirali, har bir quloqqa xush yoqadi, eshitgan inson entikib ketadi. Jonajon tilimiz, shoir Mirtemir aytganidek, yoshligimizdanoq jon-u qulog‘imizga singib ketgan. Onalarimiz aytgan allalari-yu, bobo-buvilarimizdan eshitgan ertak, hikoya, rivoyat va masallar orqali yuragimiz tub-tubigacha kirib borgan, o‘z navbatida ona tilimizga, ona vatanimizga muhabbat uyg‘otgan.
O‘zbek tili Mavlono Lutfiy, Hazrat Alisher Navoiy, Bobur mirzolardan to shu kunlargacha mashaqqatli va olis yo‘lni bosib o‘tdi. Ajdodlarimiz, olimlarimiz asrlar davomida o‘zbek tilining davlat tili bo‘lishini orzu qilishdi, yaratganga behisob shukrki bunday ne’mat bilan Alloh bizni siylab qo‘ydi. Holbuki, hamma tilni hurmatlash odobini nutq madaniyatini o‘rganish har birimiz uchun zarur omil hisoblanadi. Zero, og‘zaki nutq madaniyatini bilish, o‘rganish, tilga hurmat- yelga hurmat ma’nosida ham yuksak fazilat hisoblanadi. Hazrat Navoiy aytganlaridek: Tilga ye’tibor – yelga ye’tibor.
Bundan 32 yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan yedi. Bu o‘z davrida tom ma’noda olamshumul voqea bo‘lgan yedi. Chunki, Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzo singari buyuk siymolarni yetishtirgan xalq tili yo‘qolish arafasiga kelib qolgan yedi.
Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan yedi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosda obro‘si oshdi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon yetish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi.
Qachonki bolalar o‘z ona tillarida o‘qishni to‘xtatar ekan, o‘sha til yo‘qolib ketish arafasiga kelib qoladi. Tillarni saqlab qolish bu o‘sha xalqning madaniyati, urf-odati, rasm-rusumlarining saqlanib qolinishini anglatadi. Chunki, xalq taqdiri til taqdiri bilan bevosita bog‘liq. Til har bir millat madaniyatining o‘zagidir. Shu sababli ham tilning saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’analarini saqlaydi. Shunday ekan, Ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-ye’tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy yetgan tillar safiga qo‘shishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashimiz kerak.
Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. O‘zbekistonning har bir fuqarosi o‘z ona tilini sevadi, uni hurmat qiladi va ye’zozlaydi. Chunki aynan shu til orqaligina har qanday millatning qay tarzda yashayotganligini, rivojlanayotganligini, yoki aksincha, orqada qolayotgan va qashshoqlashib borayotganligini bilishimiz mumkin. Shuning uchun ham bejizga Til – millat ko‘zgusi, deyishmaydi.
Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.
Til – millat qiyofasining bir bo‘lagi. Til – millatning ma’naviy boyligidir. Til nafaqat muoamala vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga hurmat yesa o‘z navbatida o‘zaro tushunishni, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolishi uchun yesa bu tillarni qo‘llab-quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va hurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli ham har bir xalq o‘z tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi.
1989 yil 21 oktyabrda “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. Milliy tilimizga, ona tilimizga bo‘lgan ye’tibor, nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb yetib kelgan.
Shu o‘rinda bobolarimiz aytgan quyidagi purma’no fikrlarni eslaylik: “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur” (M.Behbudiy). Ye’tibor beryapsizmi, milliy tilni yo‘qotmak millat tilini yo‘qotmakka qiyoslanmoqda. Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Ayniqsa, bugungi globallashuv dunyo xalqlarining turmush tarzi umumiylik kasb yetgan bir davrda yuqoridagi so‘zlarning zalvori ikki hissa ortadi.
Til – millat ko‘zgusi, ma’naviyat sarchashmasidir. Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘zbek tilining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Allohga behisob shukrlar bo‘lsinki, o‘zbek tilining shon-shuhrati, obro‘si borgan sari yildan yilga oshib bormoqda. Sport, fan, madaniyat va san’at sohasida O‘zbekiston yoshlarining sa’y-harakatlari beqiyosdir. Yurt kelajagi bo‘lgan biz yosh avlod o‘z harakatlarimiz bilan o‘zbek tilini butun dunyo tan olishi, uning rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shishimiz lozim.
Shoxista Niyozova
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Buxoro tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi