Ona tilim – qalbim quyoshi
Ona tili – millatning ruhi, gʻururidir. Har bir xalqning rivoj topishida oʻzga xalqlar bilan aloqa qilishda til muhim oʻrin egallaydi.
Ona tili – millatning ruhi, gʻururidir. Har bir xalqning rivoj topishida oʻzga xalqlar bilan aloqa qilishda til muhim oʻrin egallaydi.
Til millat mavjudligining, uning yashab turganligi va faoliyat koʻrsatganligining belgisidir. Shuning uchun ham barcha millat egalari oʻz ona tillariga mehr-muhabbat bilan qaraydilar.
Bu yil oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi Respublikamizda keng nishonlanmoqda. Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahridagi 2-umumtaʼlim maktabida ham “Ona tilim – qalbim quyoshi“ deb nomlangan tadbir hamda shu mavzuga bagʻishlangan insholar tanlovi boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbirga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, oʻqituvchilarning jamiyatdagi mavqeini oshirish toʻgʻrisidagi chora-tadbirlarining amalga oshirish yuzasidan tuzilgan ishchi guruhi tashrif buyurdi.
Maktab oʻquvchilari tomonidan tashkil etilgan bayramda tilimizni madh etuvchi sheʼrlar, sahna koʻrinishlari, turli millat vakillarining chiroyli tabriklari mohirona ijro etildi.
Ishchi guruh aʼzolari tadbirni tashkillashtirgan oʻqituvchilardan Nurmatova N.S, Ummatova D.K, Xaitova M.U, Baychibayeva M.Rlarga hamda maktab pedagogik jamoasiga oʻz minnatdorchiligini bildirgan holda, yuksak baho berib, shu ruhda faoliyat yuritishlarini taʼkidlab oʻtishdi.
Nodira Nurmatova,
Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahridagi 2-umumtaʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi