O‘n besh milliarddan ko‘proq mablag‘ iste’molchilarga qaytarildi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyaga 2021 yilning to‘qqiz oyida fuqarolardan jami 8 686 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 5108 tasi og‘zaki, 2313 tasi yozma, 1265 tasi esa elektron shaklda yuborilgan.
Ariza va shikoyatlarning 7656 tasi ya’ni, 88,1 % ijobiy hal etilishi natijasida, iste’molchilar foydasiga jami (o‘n besh milliard bir yuz sakson sakkiz million sakson uch ming uch yuz oltmish olti) so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.
Iste’molchilar qaysi sohadan ko‘proq norozi?
Mazkur to‘qqiz oy davomida Federatsiya va uning hududiy bo‘linmalariga fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning 3 272 tasi (37,7%) savdo sohasiga, 1188 tasi (13,7%) gaz ta’minoti, 915 tasi (10,5%) elektr ta’minoti, 437 tasi (5 %) suv ta’minoti, 1483 tasi (17,1%) esa boshqa sohalarga to‘g‘ri keladi. 285 tasi (3,3 %) kommunal xizmat sohasiga, 103 tasi (1,2%) sog‘liqni saqlash sohasiga, 547 tasi (6,3%) xizmat ko‘rsatish (servis) sohasiga, 180 tasi (2,1%) transport sohasiga, 276 tasi (3,2%) aloqa (va internet) sohasiga to‘g‘ri keladi.
Maftuna KARIMOVA, O‘zA