Oltiariqda zamonaviy o‘quv markazi faoliyat boshladi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yoshlarning bilim olishi va zamonaviy kasblarni egallashi uchun yana bir imkoniyat yaratildi. Yaqinda foydalanishga topshirilgan Yoshlar markazida “Forward” o‘quv markazi faoliyat boshladi.
Ko‘mak loyihasi doirasida tashkil etilgan mazkur markazda hozirgi kunda qariyb 200 nafar yosh tahsil olmoqda. Bu yerda ingliz, rus va koreys tillari, shuningdek, aniq fanlar bo‘yicha darslar yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, o‘quv markaziga tutash hududda zamonaviy IT shaharcha barpo etilgan bo‘lib, unda kompyuter savodxonligi, robototexnika va dasturlash kabi 10 ga yaqin yo‘nalishda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilgan.
[gallery-28786]
Bu kabi imkoniyatlar yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, kelajakda mehnat bozorida munosib o‘rin topishi uchun muhim zamin yaratmoqda.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA