Olma va mayna (+foto)
Muhammad Amin (surat), OʻzA
Fotoanjomlarimni joylab, ishga otlanayotgan edim. Bexosdan moʻjazgina hovlimizdagi yagona olma daraxti va uning shoxida hanuz osilib turgan bir juft olmaga koʻzim tushdi. Kuz allaqachon tark etgan, hademay qish ham tugaydi. Ammo olmalar koʻzni quvnatib, shoxda osilgancha turardi. “Xudo xohlasa, dam olish kuni oʻz qoʻllarim bilan uzaman”, deb niyat qildimu,atrofda aylanayotgan maynadan bezovta boʻla boshladim. Hali eshikdan chiqib ulgurmasimdan, shoxlarning tebranayotganini his qildim. Qarasam, maynavoy olmamiz atrofida parvona boʻlyapti. Nima qilishimni bilolmay birpas turib qoldim. Soʻngra fotoapparatga qoʻlimni uzatdim. Voqea rivojini esa, oʻzingiz koʻrib turibsiz.






