Oliy sud telegram messenjerida @suduzbot dasturini ishga tushirdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining telegram messenjerida @suduzbot dasturi ishga tushirildi.
Ushbu dasturning asosiy vazifasi foydalanuvchilar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar faoliyati yuzasidan kiritilgan savol va murojaatlarga tezkor javoblar berishdan iborat.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qildingiz, lekin:
Murojaatingiz bo‘yicha asossiz rad javoblari berilyaptimi?
Da’vo arizangiz o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmadimi?
Ortiqcha ovoragarchilikka yo‘l qo‘yildimi?
Ishni mazmunan ko‘rish asossiz ravishda cho‘zib yuborildimi?
Sud hujjati belgilangan vaqtda taqdim etilmadimi?
Sudyalar va sud xodimlarining muomalasidan norozimisiz?
Korrupsiya yoki tamagirlik holatlariga duch keldingizmi?
Bunday holatlarda darhol O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga telegram messenjeridagi @suduzbot orqali murojaat qiling!
Har bir murojaat e’tibordan chetda qolmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi barchani faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga chaqiradi.