Olimpiyachilarimizning dastlabki g‘alabasi
Bangladesh poytaxti Dakka shahrida futbol bo‘yicha yigirma uch yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga saralash bahslari o‘tkazilmoqda.
Bangladesh poytaxti Dakka shahrida futbol bo‘yicha yigirma uch yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga saralash bahslari o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning “E” guruhida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Bangladesh, Suriya va Hindiston yoshlar terma jamoalariga qarshi bahs olib bormoqda.
Yoshlarimiz saralash bahslarining dastlabki turida hindistonlik futbolchilarga qarshi maydonga tushdi. Keskin va murosasiz o‘yinning 87-daqiqasida hamyurtimiz Igor Sergeyev hisobni ochdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Vladimir Kozak raqib darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritib, terma jamoamizning 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Terma jamoamiz navbatdagi turda bangladeshlik futbolchilarga qarshi maydonga tushadi.