Olimlar global tahdiddan xavotirda
Potsdam iqlim ta’sirini o‘rganish instituti (PIK) olimlari o‘tkazgan tadqiqotda “Golfstrim” oqimi izdan chiqishi iqlim falokatiga olib keladi, deya ogohlantirilgan.
“Bu hodisa global isish jarayoniga 0,2 daraja qo‘shadi”, deyilgan shu haqdagi tegishli hisobotda.
Tadqiqotchilar kompyuter modellashtirish usulida ushbu muhim oqimning izdan chiqishi okean tubida qolib ketgan juda ko‘p miqdordagi uglerod ajralib chiqishiga olib kelishini aniqladilar.
– Harorat o‘zgarishi janubiy okeandan uglerod sezilarli darajada ajralib chiqishi bilan bog‘liq jarayon, – deya tushuntirgan izlanuvchi Matteo Villeyt. Buning oqibatida chuqurdagi uglerodga boy suv yuzaga chiqadi.
Olim ta’kidlashicha, Shimoliy yarim sharda harorat keskin pasayishda davom etadi, janubda esa harorat keskin ko‘tarilib, Antarktida olti darajagacha ilishi mumkin.
S.Rahimov, O‘zA