OKMK: oromgohlar mavsumga tayyor
Mamlakatimizda o‘quv yili yakunlanishi bilan yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari o‘z faoliyatini boshlaydi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tasarrufidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida ham bu yilgi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rildi.




Jumladan, Jizzax viloyatining Zomin tog‘lari bag‘rida joylashgan “Istiqlol” BSO 10 iyun sanasidan boshlab o‘z faoliyatiga start beradi. Bu yerda 4 smenada 800 nafar bolajonlar dam olishi rejalashtirilgan. Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Metallurg” BSO bu yilgi mavsumni rasman 12 iyun sanasidan boshlaydi. Ushbu oromgoh to‘rt bosqichda jami 800 nafar bolajonlarni o‘z bag‘riga qabul qiladi.




Bo‘stonliq tumanidagi yana bir oromgoh “Gulzor” esa 14 iyun sanasidan boshlab bolajonlarni qabul qiladi. “Gulzor”da jami bo‘lib bu yilgi mavsumda 1800 nafar bolajon miriqib dam olishi ko‘zda tutilgan. Qo‘shni Piskent tumanidagi “Tong” BSOda ham mavsumga qizg‘in tadorik ko‘rildi. Bu yerda mavsum 17 iyundan ochiladi. Mavsum davomida 600 nafar o‘g‘il-qiz yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazishadi.








Xondiza kon boshqarmasi ishchi-xodimlarining farzandlariga xizmat ko‘rsatuvchi “Xondiza - Parvoz” bu yilgi mavsumda o‘z bag‘riga 200 nafar bolajonni qamrab olgan holda mavsumni 1 iyul sanasidan boshlaydi. Bu yilgi yozgi ta’til davrida kombinat ishchi-xodimlarining 7-14 yoshdagi 4200 nafar farzandlari bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishi rejalashtirilgan. Har bir oromgohda barcha zarur sharoitlar yaratildi.
OKMK Axborot xizmati