Oilaviy tadbirkorlik rivojlanmoqda
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi “Sarmozor” qishloq fuqarolar yig‘inida kosibchilik, duradgorlik, do‘ppido‘zlik, tikuvchilik, qandolatchilik, tunukasozlikka ixtisoslashgan oilaviy korxonalar soni ko‘pchilikni tashkil etadi.
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi “Sarmozor” qishloq fuqarolar yig‘inida kosibchilik, duradgorlik, do‘ppido‘zlik, tikuvchilik, qandolatchilik, tunukasozlikka ixtisoslashgan oilaviy korxonalar soni ko‘pchilikni tashkil etadi. Fuqarolar yig‘ini raisi Alisher Azizovning aytishicha, 2014-yilning o‘zida hududda 17 ta oilaviy tadbirkorlik subyekti ro‘yxatga olingan.
Usta Abdulhamid Madazimov rahbarlik qilayotgan kichik korxonada tunukadan xalq iste’mol mollari tayyorlanmoqda. Bu yerda oila a’zolaridan tashqari o‘ndan ziyod yoshlar ish bilan ta’minlangan.